0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Talabalar turar joyi

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti talabalar turar joylari haqida

M A ’ L U M O T

Universitetda 7 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularda ko‘pgina qulayliklar yaratilgan. Talabalar turar joylarida kafedralar tomonidan grafik asosida “Kafedra kunlari” va “Kafedra haftaliklari” tashkil etilgan bo‘lib, uzluksiz ravishda davra suhbatlar, kitobxonlik tadbirlar, “Zakovat”, “Zukko kitobxon” tanlovlar, yozuvchi va adiblar bilan uchrashuvlar, bayram tadbirlari, va sport musobaqalari, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazib borilmoqda.

Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish kengashi tomonidan ota-onalar bilan uchrashuvlar, “Eng namunali xona”, “Eng namunali qavat”, “Eng namunali TTJ” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlanib borilmoqda.

Bugungi kunda barcha TTJlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan salohiyatli tarbiyachi-pedagoglar faoliyat ko‘rsatmoqda.

1-sonli Talabalar turar joyi 146 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib Xorijiy tillar fakulteti talabalariga ajratilgan, 3 qavatdan iborat. 21 ta 2 kishiga va 36 ta 3 kishiga muljallangan xonalar mavjud. TTJ 1963 yilda qurilgan va 2006 yili ta’mirlangan. TTJda “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi, Sport xonasi (shaxmat-shashka va trenajyorlar), 2 ta dam olish xonasi, 2 ta oshxona, 6 ta yuvinish xonasi, 6 ta hojatxona, 1 ta gigiyena xonasi tashkil qilingan. 2 ta televizor, 2 ta muzlatgich bilan ta’minlangan.

2-sonli Talabalar turar joyi 150 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, Tabiiy fanlar fakulteti talabalariga ajratilgan, 3 qavatdan iborat. 6 ta bir kishilik, 15 ta ikki kishilik va 35 ta uch kishilik xonalardan iborat. TTJ 1965 yili qurilgan va 2013 yilda ta’mirlangan.  TTJda “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi, 2 ta dam olish xonasi, 1 ta oshxona,   2 ta yuvinish xonasi, 2 ta hojatxona, 2 ta gigiyena xonasi tashkil qilingan. 3 ta televizor, 5 ta muzlatgich bilan ta’minlangan.

3-sonli Talabalar turar joyi 224 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, Fizika-matematika fakulteti talabalariga ajratilgan, 4 qavatdan iborat. 68 ta ikki kishiga va 24 ta uch kishiga mo‘ljallangan xonalardan iborat. TTJ 1967 yili qurilgan va 2013 yilda ta’mirlangan. TTJda “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi, 4 ta dam olish xonasi, 8 ta oshxona,   8 ta yuvinish xonasi, 8 ta hojatxona, 3 ta gigiyena xonasi tashkil qilingan. 2 ta televizor, 9 ta muzlatgich bilan ta’minlangan.

4-sonli Talabalar turar joyi 160 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, Jismoniy madaniyat fakulteti talabalariga ajratilgan, 4 qavatdan iborat. TTJ ko‘p qavatli uy shaklida qurilgan bo‘lib, barcha sharoitlar mavjud. TTJ 1992 yili qurilgan va 2006 yilda ta’mirlangan.

5-sonli Talabalar turar joyi 90 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalariga ajratilgan, 2 qavatdan iborat. 30 ta 3 kishiga mo‘ljallangan xonalar mavjud. TTJ 2012 yilda qurilgan. TTJda “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi, 2 ta dam olish xonasi, 2 ta oshxona, 2 ta yuvinish xonasi, 2 ta hojatxona, 2 ta gigiyena xonasi tashkil qilingan. 1 ta televizor, 4 ta muzlatgich bilan ta’minlangan.

6-sonli Talabalar turar joyi 90 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, Xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar uchun ajratilgan va 2 qavatdan iborat. 30 ta 3 kishilik xonalari mavjud. TTJ 2012 yilda qurilgan. TTJda “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi, 2 ta dam olish xonasi, 2 ta oshxona,   2 ta yuvinish xonasi, 2 ta hojatxona, 2 ta gigiyena xonasi tashkil qilingan. 1 ta televizor, 4 ta muzlatgich bilan ta’minlangan. TTJda talabalar uchun “WiFi” internet zonasi tashkil etilgan hamda kompyuter jamlanmalari ham talabalar ixtiyorida.

7-sonli Talabalar turar joyi 224 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, Pedagogika hamda Tarix va ijtimoiy fanlar fakultetlari talabalari uchun ajratilgan va 4 qavatdan iborat. TTJ 1981 yili qurilgan va 2013 yilda ta’mirlangan. 112 ta 2 kishilik xonalari mavjud. TTJda “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi, 4 ta o‘quv xonasi, 8 ta oshxona, 4 ta yuvinish xonasi, 8 ta hojatxona, 4 ta gigiyena xonasi tashkil qilingan. 1 ta televizor, 7 ta muzlatgich bilan ta’minlangan.

Shuningdek, mazkur TTJda talabalar uchun tibbiyot punkti tashkil etilgan bo‘lib, stomatologiya bo‘limi faoliyat olib bormoqda va talabalarga boshqa tibbiy xizmatlar ham ko‘rsatilib boriladi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________