01 / 07

QARSHI DU

02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

AXBOROT RESURS MARKAZI

Xotin-qizlar qo`mitasi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
dots. G.S.Uzoqova

Telefon: 
Elektron manzili:  qardu_xqk@edu.uz, uzokova66@mail.ru

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab – quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli farmoni Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. 

Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu Farmon, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim muassasalari  Xotin- qizlar qo‘mitalari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining qo‘shma qarorida belgilangan meyoriy hujjatlar, shuningdek, Respublika, viloyat va shaxar xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan belgilab berilgan yo‘riqnomalar  asosida faoliyat yuritmoqda. 

Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z faoliyatini universitet xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari samaradorligini ta’minlash, xuquqiy, tibbiy madaniyati va kasbiy mahoratini yuksaltirish, mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, xotin-qizlar ongida milliy g‘oya va mafkurani singdirish, talaba qizlarda bo‘lajak mutaxassis sifatida mustahkam ilmiy, axloqiy dunyoqarashni rivojlantirish, jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-siyosiy o‘zgarishlarni chuqur anglovchi, ishchan, yuksak g‘oyaviy-axloqiy fazilatlarga ega, insonparvarlik tamoyillariga mos keladigan ayol mavqeini yaratish vazifasidan kelib chikib amalga oshirmoqda. 

Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi  xotin-qizlar qo‘mitasi tizimini yanada takomillashtirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar ijrosini ta’minlash,  boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yuqori darajada tashkil etish sohasidagi ishlari uchun  “Eng namunali xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti” Respublika ko‘rik-tanlovida ikki marta  1-o‘rinni egallab, Respublika  xotin-qizlar qo‘mitasining 1–darajali diplomi,  Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Respublika  xotin-qizlar qo‘mitasining va viloyat xokimligining Fahriy yorlig‘lari bilan  taqdirlangan. 

“OILA QONUNCHILIGI YOSHLAR NIGOHIDA” MAVZUSIDA
 DAVRA SUXBATI.
 

 

AYOLLAR SPARTAKIADASI

 

O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, Viloyat “Olima ayollar” uyushmasi hamda Qarshi davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan “O‘zbekiston xotin-qizlarining jamiyat va oila mus-tahkamligini ta’minlashda tutgan o‘rni: tarix va hozirgi zamon” mavzusidagi Respublika ilmiy - amaliy konferensiyasi

 

“MILLIY LIBOSLAR” XALQARO FESTIVALI

 

Qizlar davrasi