01 / 07

QARSHI DU

02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

AXBOROT RESURS MARKAZI

Talabalar hayoti

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

TALABALAR HAYOTI

Universitetda jami 6776 nafar bakalavr, 86 nafar talaba-yoshlar magistratura bosqichida tahsil olmoqdalar. Dars mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, talabalar turar joylarida, fakultetlarda talaba-yoshlarning qiziqishlariga muvofiq Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda reja asosida turli mavzulardagi tadbirlar o‘tkazib boriladi.

Universitetda 40 dan ortiq fan, sport, kasbiy va ijodiy to‘garaklar faoliyat yuritadi va qiziquvchi talabalar jalb etilgan.

Talabalar turar joylarida kafedralar tomonidan grafik asosida “Kafedra kunlari” va “Kafedra haftaliklari” tashkil etilgan bo‘lib, uzluksiz ravishda davra suhbatlari, kitobxonlik tadbirlari, “Zakovat”, “Zukko kitobxon” tanlovlari, yozuvchi va adiblar bilan uchrashuvlar, bayram tadbirlari, va sport musobaqalari, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari o‘tkazib borilmoqda.

Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish Kengashi tomonidan ota-onalar bilan uchrashuvlar, devoriy gazetalar tanlovi, “Eng namunali xona”, “Eng namunali qavat”, “Eng namunali TTJ” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlanib borilmoqda.

Universitetda mavjud ovqatlanish shoxobchalarida talabalar uchun arzon va sifatli issiq ovqatlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

Talaba-yoshlar doimiy ravishda foydalanishlari uchun ATM va ARM, Kutubxona va o‘quv zali, “Yoshlar markazi” va faollar zali, Yoshlar ittifoqi kitob-savdo do‘koni, fitobar va Paynet, sartaroshxona va poyafzal tuzutish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Universitet Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti qoshida “Ziyo” talabalar teatr-studiyasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat” jamoalari, Pedagogika fakulteti Musiqa kafedrasi qoshida “Ziyo sadolari” jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, “Ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida, universitet Ilmiy Kengashi qaroriga asosan, har bir professor-o‘qituvchiga 10 nafardan talabalar biriktirilgan. Bundan tashqari, 280 nafar talaba o‘z qiziqish va iqtidorlari bo‘yicha tanlab olinib, ustozlari bilan birgalikda ilmiy mavzular asosida izlanishlar olib bormoqdalar.

Universitet talaba-yoshlari orasida nomdor, Davlat va Prezident stipendialar sovrindorlari, fan olimpiadalari g‘oliblari, Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmasi stipendiyalari sovrindorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Bularning soni yildan yilga ortib bormoqda.

Universitetning ijodkor talabalari viloyat televideniyesi va radiosida, mahalliy va respublika nashrlarida adabiy-badiiy, ilmiy, publitsistik maqolalari va chiqishlari bilan faol qatnashib kelmoqdalar.

Universitetda “Noshirlik markazi”, “Qardu xabarlari” jurnali va “Qarshi universiteti” gazetasi tahririyatlari faoliyat ko‘rsatadi. Talaba-yoshlar ushbu gazet va jurnallarda o‘z ijod namunalarini nashr etib keldmoqdalar.

Universitetda “Murabbiylik Kengashi” faoliyati keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir akademik guruh talabalarining “Ma’lumotlar banki”, “Talabalarning psixologik portreti” yaratilgan. TTJlarda yashovchi, xususiy xonadonlarda ijarada yashovchi, o‘z uyidan qatnovchi, yaqin qarindoshinikiga turuvchi talabalar xaqida ma’lumotlar aniqlanib, monitoring qilib boriladi va reja asosida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirib borilmoqda.