Madaniy-ma'rifiy faoliyat

 

Qarshi davlat universiteti ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari tizimi tarkibiy tuzilishi (lavozim vazifalari bo‘yicha)

Ma’naviy - ma’rifiy ishlar prorektori.  Behzod Jo'rayev 

Kotiba - ish yurituvchi Salohiddinova Dilnoza 

 

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

Bo‘limning tarkibiy tuzilishi (lavozim vazifalari bo‘yicha) bo‘lim boshlig‘I Asror Jo'rayev

Ma’naviyat bo‘limi uslubchisi  Shaxzoda Nurullayeva

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi  Oybek Omonov

 

Fakultet dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari

1. Tarix fakulteti Xasan Ravshanov

2. Filologiya fakulteti Shahodat Karomova

3. Roman-german filologiyasi fakulteti Dilfuza Pardayeva

4. Pedagogika va psixologiya fakulteti Akram Sultonov

5. Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti Murod Halimov

6. Fizika-matematika fakulteti Norxol Eshqorayeva

7. Jismoniy madaniyat fakulteti Kamol Bo'riyev

  

Qarshi davlat universiteti Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektorining lavozim vazifalari

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha universitet Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, universitet uslubiy kengashi ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi- izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • O‘rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasasini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.

Bilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga doir belgilangan normativ hujjatlarni bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga - intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyat, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish yuritish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Universitetda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi; 
  • Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur. 

 

Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori kotib(a)-ish yurituvchisining   lavozim vazifalari:

  • Yuqori organ va bo‘limlardan keladigan buyruq, farmoyish va xatlarni qabul qilib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qabul qilib o‘z boshlig‘iga yetkazish;
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektoriga tegishli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda tegishli bo‘limlarga yetkazish;
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektoriga tegishli bo‘lgan hujjatlarni chop etish, ko‘paytirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori qabuliga keluvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va murojaatnomalarni qabul qilish;
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori kabineti va qabulxonasining sanitariya-gigiyena holati hamda tozaligini saqlash.

Bilishi kerak:

  • Ish yuritishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni, ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi himoya qoidalari va meyorlarini bilishi.

Malaka talablari:

  • Kompyuterda ishlashni, yozishni, orfografiya qoidalari va tinish belgilarini, har xil hujjatlarni chop etish vaqtida materialni joylashtirish tartibini, namunaviy shakllardan foydalangan holda ishga oid xatlarni chop etish qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi;
  • O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;

  

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari

  • Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-taribiyaga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
  • O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.

Bilishi kerak:

  • Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish yuritish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

 

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  uslubchisining lavozim  vazifalari

  • Fakultet dekanatlari va kafedralar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • Bo‘limda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish;
  • Fakultetlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni muntazam ravishda tekshirib borish;
  • Bo‘limda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir kiruvchi va chiquvchi xat-hujjatlarning hisobini yuritish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
  • Bo‘limning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir  arxivi va kartotekasini yuritish. 

Bilishi kerak:

  • O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va meyoriy hujjatlarni, universitet ichki tartib-qoidalari, meyoriy hujjatlarini bilish.

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga - intellekt, madaniyat, ijodkorlik, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish yuritish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

  

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi  iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha  uslubchisining lavozim  vazifalari

  • Fakultet dekanatlari va kafedralar tomonidan iqtidorli talabalar bilan ishlash rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha ishlarni nazorat qilish;
  • Bo‘limda amalga oshirilayotgan iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etish;
  • Fakultetlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha ishlarni aks ettiruvchi qaydnomalarni muntazam ravishda tekshirib borish;
  • Bo‘limda iqtidorli talabalar bilan ishlashga doir kiruvchi va chiquvchi xat-hujjatlarning hisobini yuritish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, turli iqtidor va qobiliyatlarga ega bo‘lgan talabalarni  aniqlash, saralash va ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan  tadbirlarni tashkil etish;
  • Bo‘limning iqtidorli talabalar bilan ishlashga doir arxivi va kartotekasini yuritish.

Bilishi kerak:

  • O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va meyoriy hujjatlarni, universitet ichki tartib-qoidalari, meyoriy hujjatlarini bilish.

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga - intellekt, madaniyat, ijodkorlik, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish yuritish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi kotib(a)-ish yurituvchisining  lavozim vazifalari:

  • Yuqori organ va bo‘limlardan keladigan buyruq, farmoyish va xatlarni qabul qilib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qabul qilib o‘z boshlig‘iga yetkazish;
  • Bo‘limga tegishli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda tegishli bo‘limlarga yetkazish;
  • Bo‘limga tegishli bo‘lgan hujjatlarni chop etish, ko‘paytirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Bo‘lim boshlig‘i qabuliga keluvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va murojaatnomalarni qabul qilish;
  • Bo‘lim boshlig‘i kabineti va qabulxonasining sanitariya-gigiyena holati hamda tozaligini saqlash.

Bilishi kerak:

  • Ish yuritishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni, ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi himoya qoidalari va meyorlarini bilishi.

Malaka talablari:

  • Kompyuterda ishlashni, yozishni, orfografiya qoidalari va tinish belgilarini, har xil hujjatlarni chop etish vaqtida materialni joylashtirish tartibini, namunaviy shakllardan foydalangan holda ishga oid xatlarni chop etish qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi; 
  • O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.

 

 

 

 

JoomShaper