Ma'naviy - axloqiy tarbiya bo'limi

 

       

       Bo‘limi boshlig'i:  Jurayev Asrorjon Xasanovich

     Tel: 8 (375) 221 21 05;  Faks: 8 (375) 225 57 01 

     Elektron manzil:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


 

 

Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishining maqsadi va vazifalari:

Milliy G‘oya va milliy istiqlol mafkurasini talabalar on­giga singdirish va ularni barkamol shaxslar sifatida shakl­lantirish orkali kuyidagi vazifalarni amalga oshirish mum­kin bo‘ladi:

  • talaba-yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mus­taxkamlash, islohotlarni yanada chukurlashtirish jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’na­viy va madaniy vazifalarning tub mohiyatini anglaydigan va ularni bajarishga. tayyor va qobil yuqori malakali mutaxassislar hamda komil insonlar etib tarbiyalash;
  • ularni davr talablariga to‘la javob bera oladigan yuqori malakali, keng va chukur bilimli mutaxassis sifati­da mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlash;
  • o‘z-o‘zini anglashning axloqiy asoslarini, mantiqiy fikrlashni, jamoani boshqarish malakalarini shakllanti­rish, Ularning hayotda o‘z o‘rnini topishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z shaxsini kamolotga yetkazish usullarini egallashlariga yordam berish;
  • talaba-yoshlarning hayotga faol munosabatda bo‘lishiga erishish, oliy maqsadlarga xizmat kilishini ta’minlash, ruhiy dunyosini kamol toptirishga erishishdan iboratdir.

II. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishining asosiy yo‘nalishlari:

  • talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zami­nida mustaqil Uzbekistan Respublikasining vatanparvar fuqarolari etib shakllaktirish, ularda milliy g‘ururni, milliy fe’l-atvorning eng yaxshi sifatlarini tarbiyalash va takomillashtirish, Vatan va millat oldidagi fuqarolik va farzandlik burch va vazifalarini bajarishga tayyorlash;
  • mamlakatimizda bozar iqtisodiyotiga utila borishi munosabati bilan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyo­satni amalga oshirish uchun talabalarni ijtimoiy himoya kilish muammolarini o‘rganish va tahlil etib, tegishli cho­ra-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, bo‘lajak mu­taxassislarning mehnat bozorida raqobatbardoshlik imko­niyatlarini kuchaytirish;
  • talabalarda kasb-hunarni egallashga mas’uliyatli muno­sabatni tarbiyalash, ularda funqaro sifatida o‘z burchlarini halol bajarish tuyg‘ularini uyg‘otish va takomillashtirish;
  • oilaparvarlik mas’uliyatini, ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y, el-yurt oldidagi burch tuyg‘usini tarbiyalash;
  • talaba-yoshlarni jamiyat taraqqiyotiga taxdid soladigan har qanday ekstremistik oqimlarga nisbatan murosasiz, ularga qarshi jangovor kurashchi etib tarbiyalash;
  • talabani erkin, mustaqil shaxs sifatida o‘z hak-huquq­larini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan inson sifatida shakllantirish va takomillashtirish. Uning o‘ziga hos individual fazilatlarining har tomonlama o‘sishiga yordamlashish.

III. Vazifalari:

  • ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonining boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
  • ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish va ularning katiy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;
  • ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar re­jalarini ishlab chiqish;
  • O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti va hukumati to­monidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalar­ga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish va har to­monlama tushuntirishni tashkil qilish; buning uchun maxsus kurslar joriy eta borish, turli maroqli uchrashuvlar, bahs­-
  • munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalari­ni muntazam ravishda uyushtirish;
  • Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini uquv yurti jamoasiga o‘z vaqtida yet­kazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
  • xuquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;
  • mamlakat hayotiga va xalqaro hayotga oid axborotlar o‘tkazish tizimini tashkil etish;
  • talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masa­lalariga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash va ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
  • talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish. O‘quv yurtida talaba-o‘quvchilarning qiziqishlariga mu­vofik turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb­-hunar turlari bo‘yicha kamida 10 tadan to‘garak, kichik korxo­nalar, talaba-o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan  band qilishga qaratilgan (haq to‘lanadigan) boshqa tuzilmalar tashkil etish;
  • o‘quv yurti yotoqxonalarining unda yashayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berish sharoitlarini mun­tazam nazorat ostida tutish;
  • professor-o‘qituvchilar tarkibidan har bir akadem guruhlarda, xususiy xonadonlarda va ijarada yashovchi talaba­lar bilan muntazam ish olib boruvchi mas’ul shaxsni belgi­lash va uni mazkur guruh murabbiysining yordamchisi etib tayinlash;
  • xususiy xonadonlarda va ijarada yashovchi talabalar bi­lan shug‘ullanuvchi murabbiylar yordamchilariga quyidagi va­zifalarni yuklash va ularning bajarilishini muntazam ra­vishda nazorat qilib borish:

a) xususiy xonadonlarda va ijarada yashovchi talaba­lar holidan xabardor 6o‘lish maqsadida har oyda kamida bir marotaba ular istiqomat qiladigan xonadonlarga borib, ahvol bilan tanishib turish;

b) xususiy xonadonlarda va ijarada turgan talabalar bilan fakultet yoki o‘quv yurti rahbarining amaliy uch­rashuvlarini tashkil etish;

v) xususiy xonadonlarda va ijarada yashovchi talaba­larning o‘quv yurtlarida o‘tkazilayotgan turli xil tadbir­larga, mavjud to‘garaklarga faol ishtirok etishlarini ta’minlash;

g) xususiy xonadonlarda va ijarada yashovchi talabalarning turmush tarzidan kelib chiqqan holda ularni qiziqtiradigan savollar, muammolar bo‘yicha alohida dav­ra suhbatlari, huquqni muhofaza qilish xodimlari bilan uchrashuvlar va muloqot kechalarini tashkil etish;

d) ijarada yashovchi ehtiyojmand talabalarni imkoni­yat darajasida talabalar turar joyi bilan ta’minlash;

  • talaba-o‘quvchilar orasida badiiy adabiyotni, xususan, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak sa­viyali badiiy asarlarni o‘kish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talkqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish. O‘quv yurti kutubxonasini turli badiiy, publitsistik asarlar, «Jahon adabiyoti», «Sharq yulduzi», «Zvezda Vostoka», «Ta­fakkur» va boshqa adabiy-badiiy, ilmiy, publitsistik jurnallar bilan o‘quv yurti talabalarining soniga muvofiq yetarli darajada ta’minlash;
  • o‘quv yurtining sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xiz­mat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordik chiqarish ti­zimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash ma­salalarini nazorat qilish;
  • moddiy jihatdan kam ta’minlangan, ko‘p bolali oila­lardan chikkan talabalarning moddiy svolini aniklash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;
  • talabalarnikg ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va o‘quv yurtining hamkorlikda olib boradigan ishlarini tash­kil etish va nazorat qilish;
  • ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy masalalar 6o‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borish;
  • konkurslar,festivallar,  badiiy xavaskorlik to‘taraklari, ko‘riklar va spratakiadalar, olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;
  • Respublika, viloyat va shahar miqyosida 6o‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtirokini ta’minlash;
  • ma’navii-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yunalishlari va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish.

IV. Huquqlari:

1. Professor-o‘qituvchilarning mehnat shartnomasida ko‘rsa­tilgan tarbiyaviy ishlar majmuasining bajarilishi yuzasidan tegishli takliflarni rektorga kiritish.

2. Ma’naviy - ma’rifiy masalalar buyicha birinchi prorektor­ ga buysindirilgan bo‘limlar (mazkur Nizomning V qismida ko‘rsatilgan) bo‘yicha rahbar lavozimlarga nomzodlar ko‘rsatish yoki vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida rektorga takliflar kiritish

3. Ma’naviy - ma’rifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorek­tor bilan quyidagilar kelishilishi kerak:

a) talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, o‘quv yurtidan chetlashtirish, qayta tiklash, boshqa yoki mazkur o‘quv yurtiga o‘tkazish, rag‘batlantirish yoki jazolash kabilar to‘g‘risidagi rektorning buyruklari;

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi, shu­ningdek Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va shu kabilar nomi­dagi maxsus stipendiyalarga talabalar va aspirantlar orasi­dan nomzodlar tanlash;

v) o‘qituvchi va talabalar orasidan horijiy mamlakat­larga o‘qishga, tajriba almashishga, malaka oshirishga va ishlashga yuboriladigan nomzodlarni tanlash;

g) mehnat bitimlari, attestatsiya va kadrlar bilan ish­lashga oid masalalar.

4. Ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan dekanlar va ularning ma’naviy-ma’rifiy masalalar buyicha o‘rinbosar­lariga, kafedra mudirlari va bo‘lim rahbarlariga bevosita ko‘rsatmalar berish.

V. Maqomi:

1. Ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor ish jarayonida faqat rektorga buysunadi. Rektor yo‘q paytida vaqtincha uning vazifasini bajaradi.

2. Birinchi prorektor aloxida kabinet, qabulxona, telefon, ko­tib (a), kompyuter, xizmat avtotransporti bilan ta’minlanadi.

3. Ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorek­tor quyidagi bo‘limlarga rahbarlik qiladi:

  • ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘limi;
  • O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazi;
  • Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazininr o‘quv yurtidagi boshlang‘ich tashkiloti;
  • fakultetlararo ijtimoiy-gumanitar kafedralar;
  • harbiy kafedra va tibbiy tayyorgarlik kafedralari;
  • fuqarolar mudofaasi bo‘limi (kafedrasi);
  • jismoniy tarbiya v sport kafedrasi;
  • madaniyat saroyi (klubi);
  • jismoniy tarbiya va sport inshootlari;
  • umumiy ovkatlanish va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish majmui;
  • ko‘p nusxali gazeta, radiouzel, ichki teleeshitgiruvlar;
  • talabalar uylari (yotokxonalar) majmuasi;
  • jamoat komissiyasi va kengashlar.

4. Yoshlarning «Kamolot» jamg‘armasi, Kasaba uyushmasi, «Sog‘lom avlod uchun», «Ekosan» jamg‘armalari boshlang‘ich tash­kilotlari, Xotin-qizlar, Murabbiylar, Talabalar kengashlari va boshqa jamoat tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy masa­lalar bilan bog‘lik ishlarini muvofiklashtirish.

JoomShaper