0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Iqtidorli talabalar taqdirlandi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Qarshi davlat universitetida joriy yil fan, ta’lim, madaniyat, sport va ijtimoiy sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan iqtidorli talaba-yoshlar taqdirlandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda universitet rektori, professor B.Shoimqulov davlatimiz rahbari rahnamoligida

yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi va o‘z iste’dodini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasida zamon talablariga to‘la mos keladigan milliy ta’lim tizimi yaratildi. Universitetda jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya olayotgan talaba-yoshlar nufuzli tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqa va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak intellektual salohiyati, keng tafakkuri va zehni bilan ilm ahli havasini uyg‘otmoqda. Joriy yilda Qarshi davlat universitetining bir nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga, bir nafar talaba Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga, uch nafar talaba Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga, bir nafar talaba Mirzo Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasiga munosib ko‘rildi. “Inno Week.Uz” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Tabiiy fanlar fakulteti 3 nafar talabasi "Yosh innovatorlar" nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni egallab, 7 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. 2019 yilda “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofotiga Pedagogika fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi, 1-kurs talabasi Raupov Sharifjon Bayramali o‘g‘li sazovor bo‘ldi. Talabalar Respublika fan olimpiadasida  Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi, 4-kurs talabasi Nasriddinova Parizod Muhammadali qizi Biologiya (mutaxassislik) fanidan 1-o‘rin g‘olibiga aylandi. “Yagonasan, muqaddas Vatan” Respublika ko‘rik-tanlovida qatorasiga beshinchi bora Pedagogika fakulteti musiqa yo‘nalishi talabalaridan tashkil topgan “Ziyo sadolari” jamoasi muvaffaqiyatga erishmoqda. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Jabborova Maftuna “Odam savdosi davr muammosi” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan insholar tanlovining Respublika bosqichi 1-o‘rinni, mazkur fakultet talabasi Abdurahimova Shodiya “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan insholar tanlovining Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Qolaversa, qirqqa yaqin yoshlar chet tillarini bilish darajalari bo‘yicha IELTS, CEFR (B1 , B2)  darajalarini qo‘lga kiritdi. Bu kabi e’tiroflarni ko‘plab davom ettirish mumkin. Universitetda o‘tkazilgan tadbirda 2019 yil fan, ta’lim, madaniyat, sport va ijtimoiy sohalarda katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan 55 nafar iqtidorli talaba faxriy yorliq va diplom bilan taqdirlandi.  Talaba-yoshlar yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida astoydil mehnat qilishlarini ta’kidlashdi. Musiqiy chiqishlar kechaga yanada fayz bag‘ishladi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________