0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Saylov kodeksidagi yangiliklardan xabardormisiz?

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Bu yilgi saylovlarning o‘ziga xos jihati nimada? Saylov kodeksi qabul qilinishining sabablari va saylovga oid qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasi qanday?

Ayni kunlarda mamlakatimizda 2019 yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Oldingi saylovlardan tubdan farq qiladigan ushbu muhim jarayon – “Yangi O‘zbekiston: Yangi saylovlar“ shiori ostida o‘tkaziladi. Eng ilg‘or xalqaro standartlar asosida, qisqa fursat ichida mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Mazkur Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda fuqarolarning xohish-irodasi erkin bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilaydi. Yangi Saylov kodeksi ikki qism, 18 bob, 103 moddadan iborat bo‘lib, ilgari saylov qonunchiligimizda mavjud bo‘lmagan mutlaqo yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi. Xususan, Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat vakillari uchun kvota ajratish instituti bekor qilindi. Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatini yuritish tartibi qonunan tartibga solinadi. Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi. Avvalgi qonunchilikda sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarning saylanishi mumkin emasligi va saylovda qatnashmasligi belgilangan edi. Yangi Saylov kodeksining 5-moddasi bilan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarni saylovda ishtirok etmasligi belgilanib, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi normalar chiqarib tashlandi. Shuningdek, endi siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan besh kunlik muddatda tekshiriladi. Avvalgi qonunchilikda bu muddat yetti kun edi. Saylov kodeksiga asosan siyosiy partiya u yoki bu shaxsni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida bekor qilish huquqiga ega. Bungacha bu muddat besh kun edi. Joriy etilayotgan yangiliklarning yana biri nomzodlarning ishonchli vakillari bilan bog‘liq. Xususan, Saylov kodeksiga viloyat Kengashi deputatligiga nomzod avvalgiday uch nafar emas, besh nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi norma kiritildi. Avvalgi qonun hujjatlarida nomzodlar ishonchli vakillarining xarajatlari qayd qilinmagan edi. Endi ularning O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasidagi safar xarajatlari saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanishi belgilandi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________