0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

“Yil talabasi-2019” respublika tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar saralandi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

“Yil talabasi” tanlovi 2018-2019 o‘quv yilida birinchi marta o‘tkazilgan bo‘lib, bunda “Yilning sportchi talabasi” nominatsiyasiga Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Toshpo‘latova Shoxsanamxon Dilshod qizi tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 7-avgustdagi 702-sonli buyrug‘iga asosan, “Yil talabasi-2019” tanloviga universitetda tahsil olayotgan 28 nafar iqtidorli talabadan hujjat qabul qilindi. Jumladan, “Yilning o‘z mutaxassisligi  bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 6 ta, “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 4 ta, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 4 ta, “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3 ta, “Yilning eng faol ijodkor  talabasi”  nominatsiyasi bo‘yicha 6 ta, “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3 ta va “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”  nominatsiyasi (xotin-qizlar uchun) bo‘yicha 2 ta talaba hujjat topshirgan. Tanlov nomzodlari hujjatlarini ko‘rib chiqish, vazirlikka taqdim etuvchi tashkiliy guruh to‘g‘risida universitet rektorining 2019-yil 7-sentabrdagi №974 T raqamli buyrug‘i  chiqarilib, hakamlar hay’ati tuzilgan.

E’lonlar o‘z vaqtida barcha fakultetlarga yetkazildi. Fakultet Kengashi qarori bilan a’lochi, jamoatchi va dunyoqarashi keng talabalarning nomzodlari tavsiya etildi. Tanlovda ishtirok etishni hujjat topshirgan 28 nafar talaba sinovdan o‘tkazildi. Sinov imtihonlarini o‘tkazish jarayonida adolatlilik va oshkoralik prinsiplariga qat’iy amal qilindi.

O‘tkazilgan tanlovning universitet bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritgan va Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etilgan 7 nafar iqtidorli talaba saralab olindi. Bular:

1) “Yilning o‘z mutaxassisligi  bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Abdushukurova Shohsanam O‘rol qizi Pedagogika fakulteti mehnat ta’limi yo‘nalishi, 3-kurs talabasi.

2) “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Ro‘zimurodova Lobar Baxtiyor qizi Fizika-matematika fakulteti  informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi, 4-kurs talabasi.

3) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Yusupova Feruzabonu Zafar kizi Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo ta’lim yo‘nalishi, 4-kurs talabasi.

4) “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Karomatov Dovurxon Fozil o‘g‘li Jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi, 3-kurs.

5) “Yilning eng faol ijodkor  talabasi”  nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Usmonova Nargiza Shuhrat qizi Xorijiy tillar fakulteti xorijiy til (ingliz tili va adabiyoti) yo‘nalishi, 2-kurs talabasi.

6) “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Homidov Xumoyun Ramazon o‘g‘li Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi, 4-kurs talabasi;

7) “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”  nominatsiyasi (xotin-qizlar uchun) bo‘yicha

1-o‘rin: Jamolova Latofat Asqar qizi Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi, 4-kurs talabasi.

Talabalarimizga tanlovning respublika bosqichida omad tilaymiz!

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________