QarDU talabasi xalqaro turnir g‘olibi!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 123

Joriy yilning 1-6 oktabr kunlari Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida  dzyudo sport turi bo‘yicha “Tojikiston Respublikasi Prezidenti kubogi” VII xalqaro turniri  bo‘lib o‘tdi.

Unda dunyoning 12 davlatidan tashrif buyurgan sportchilar turli vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. Mazkur xalqaro musobaqada 81 kg vazn toifasida Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Arslon Tojiyev finalda mezbon sportchi Haqnazar Nazarovni mag‘lub etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq bilan chempion talabamizni samimiy tabriklaymiz!

Eslatib o‘tish joiz, kurashning ushbu turi bo‘yicha “Tojikiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turniri 2013 yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. Turnirdan maqsad dunyo sportchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.