Talabalar o‘rtasida “Yoshlar vatan xizmatida rostgo‘ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 1498

Joriy yilning 14-oktabr kuni Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2- noyabrdagi PQ-3371-sonli Qarori asosida 2019-yil 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi hamda

BMTining O‘zbekistondagi doimiy vakili tomonidan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha” chora-tadbirlar rejasining 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar Vatan xizmatida rostgo‘ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori!” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi  o‘tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning o‘z iqtidorlari va ijod mahsullarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishdan iborat.

Tanlov 3 ta nominatsiyada o‘tkazildi. Unda “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat” nominatsiyalari bo‘yicha 21 nafar, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyasi bo‘yicha esa 50 nafar talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Ushbu tanlov Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.   Nominatsiyalar  bo‘yicha g‘olib talabalar 1-o‘rin uchun olti yuz ming so‘m, ikkinchi o‘rin uchun to‘rt yuz ming so‘m, uchinchi o‘rin uchun ikki yuz ming so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Ishtirokchilarning ijodiy ishlari  soha mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida 100 ballik tizimda baholanib, g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.