0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Yoshlar va internet

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Milliy g‘oya asosidagi mafkuraviy immunitet, avvalo, har bir vatandoshimizning mustahkam e’tiqod va yuksak dunyoqarashga ega bo‘lishini taqozo etadi.

2019-yil 9-oktabr kuni Fizika-matematika fakultetida “Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitetni hamda milliy, ma’naviy, madaniy qadriyatlarni mustahkamlash” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi I.Razzoqov va Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi Z.Boymurodov tomonidan mafkuraviy immunitet milliy mustaqillikning afzalligiga ishonch asosida qurilishi, ishonch esa ishontirish va tushuntirish natijasida hosil bo‘lishi, mafkuraviy immunitetni shakllantirish muayyan vaziyatda insonning o‘zi, xalqi, Vatani manfaatlari birligidan kelib chiqib, yot g‘oyalarga qarshi tura olish malakasi ekanligi haqida so‘z yuritilib, milliy g‘oya asosidagi mafkuraviy immunitet har bir talaba-yoshlarda, yigit-qizlarda, barcha fuqarolarda mustaqillikning ma’no-mohiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, Vatan va xalq manfaatlari yo‘lidagi faoliyatda namoyon bo‘layotgani, mafkuraviy immunitet erkin, mus­taqil fikrlashni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan qarashni, insonparvarlikni kundalik hayotiy faoliyatga aylantirishimiz lozimligini qayd etildi.

Yurtboshimiz  ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda farzandlarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz”.

Shunday ekan, har bir fuqaroda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish, ularda axborot iste’moli madaniyatini tarbiyalash hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun esa eng avvalo, har bir inson u yoki bu axborotni eshitar ekan, hech bo‘lmaganda, “Bu axborotni kim uzatayapti?”, “Nima uchun uzatayapti?” va “Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni o‘ziga berishi, unga asosli javob topishi kerak bo‘ladi. Ana shundagina turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldi olinadi.

Tadbirda dekan o‘rinbosari A.Jo‘rayev, I.Yuldoshev, Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent Q.Karimov va guruh murabbiylari ishtirok etdilar.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________