0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Pedagogik amaliyot davomida ochiq darslar tashkil etilmoqda

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 016-56 guruh talabalari Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi o‘qituvchilari Z.Zubaydova, E.Eshonqulov rahbarligida Qarshi shahridagi 29-o‘rta ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amalyotni o‘tashmoqda.

Amaliyot davomida talabalar tajribali ustozlardan darslarni kuzatish, tahlil qilish, dasturlar va dars ishlanmalari bilan ishlash jarayonlarini yaqindan o‘rganmoqdalar. Shuningdek, talabalarning o‘zlari tomonidan ham ochiq darslar doimiy tarzda  tashkil etilmoqda. Ana shunday ochiq darslardan biri joriy yilning 8-oktabr kuni amaliyotchi talaba Aziza Xidirova tomonidan yuqori sinf o‘quvchilari uchun umumiy biologiya fanidan “Harorat muhitning ekologik omili” mavzusida bir soatlik ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars mashg‘ulotini amaliyot rahbarlari, fan o‘qituvchilari va talabalar kuzatib borishdi. Ochiq dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar, slaydlar va qo‘shimcha tarqatma materiallar yordamida mazmunli tashkil etildi. Ochiq dars muhokamasida amaliyot rahbarlari, fan o‘qituvchilari tomonidan yutuq va kamchiliklar e’tirof etildi. Universitetda olingan nazariy bilimlarni pedagogik amaliyot davomida qo‘llash uchun tashkil etilayotgan ochiq darslar talabalar uchun mahorat maktabi vazifasini o‘taydi. Pedagogik amaliyot davom etmoqda.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________