QarDUda tahlilning dolzarb muammolari va tatbiqlari mavzusida ilmiy konferensiya boshlandi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 205

Qarshi davlat universitetida 4-5 oktabr kunlari “Tahlilning dolzarb muammolari va tatbiqlari” mavzusida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Bugun, ya’ni 4-oktabr sanasida ilmiy konferensiyaning ochilish marosimi o‘tkazilmoqda. Anjumanda Qarshi davlat universiteti rektori, professor Bahodir Shoimqulov ishtirokchilarni samimiy qutlab, bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan mazkur konferensiyaning dolzarb ahamiyati, sohada faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlarning ilmiy faoliyati, yosh olimlarning ilmiy izlanishlari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda yalpi ma’ruzalar ingliz, rus va o‘zbek tillarida olib borilmoqda. Mazkur konferensiyada yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, O‘zFA Matematika institutining akademiklari, professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda Italiya, Rossiya kabi davlatlarning ilm-fan muassasalari yetakchi matematik olimlari ishtirok etmoqda. Konferensiya 5 ta seksiyaga bo‘lingan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. “Funksiyalar nazariyasi. Kompleks analiz”, “Funksional analiz”, “Oddiy va xususiy hosilali differensial tenglamalar”, “Algebra, geometriya va topologiya” va “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematikani o‘qitishning zamonaviy muammolari” mavzularida xorijlik yetakchi olimlar tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.