Qarshi davlat universitetida rossiyalik olimlar talabalarga ma’ruza o‘tmoqda

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 165

O‘tgan yilning 18-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan ilk marotaba bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim poydevor bo‘ldi.

Ushbu anjumanda Qarshi davlat universiteti  ham Rossiyaning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ana shu xalqaro ilmiy aloqalarni izchil davom ettirish maqsadida Qarshi davlat universitetiga Rosssiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Hisoblash matematikasi va matematik geofizika ilmiy tekshirish instituti fizika-matematika fanlari doktori, professor Imomnazarov Xolmatjon Xudaynazarovich, Novosibirck davlat universiteti Funksiyalar nazariyasi kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Mednix Aleksandr Dmitriyevich hamda Qozon federal universiteti Algebra va matematik mantiq kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Arslanov Marat Mirzayevich tashrif buyurdi. Ayni kunda rossiyalik olimlar tomonidan Fizika-matematika yo‘nalishi bakalavr va magistratura talabalariga matematik modellashtirishning zamonaviy usullari, analizning qo‘shimcha boblari, algebra va matematik mantiq kabi maxsus kurslardan ma’ruzalar o‘tilmoqda. Shuingdek, QarDU professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Rossiyalik professor-o‘qituvchilarning hamkorlikdagi mashg‘ulotlari joriy yilning 20-oktyabr kuniga qadar davom etadi.