0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Qarshi davlat universitetida magistraturaga abiturientlardan hujjat qabul qilish yakunlandi!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarida magistraturaga abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni ham yakuniga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari to‘g‘risida” PQ-4359–sonli qarorining 4-ilovasiga asosan Qarshi davlat universitetiga jami 19 ta mutaxassisliklar bo‘yicha xujjatlar qabul qilindi.

2019/2020 o‘quv yili qabulida magistraturaga jami 610 nafar abiturientlardan arizalar tushdi. Arizalarni qabul qilishda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi  393-son qarori “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” ning 2-ilovasiga asosan olindi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari 2019/2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatiga kiritilmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklar, shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”, “Xoreografiya (turlari bo‘yicha)”, “Dirijyorlik (turlari bo‘yicha)”, “Rejissorlik (turlari bo‘yicha)”, “Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha)” “Veterinariya” ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklardan tashqari istalgan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashish uchun ariza topshirdi. Shuningdek, 2 nafar Navoiy va 1 nafar Ulug‘bek nomli davlat stipendiatlaridan arizalar tushdi. Arizalar topshirgan abituriyentlar xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikatlar taqdim etdilar.

 

Shifr

Qarshi davlat universiteti

Jami

Grant

Kontrakt

Tushgan arizalar soni

5A110901

Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)

6

2

4

18

5A111201

O‘zbek tili va adabiyoti

7

1

6

38

5A111601

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)

6

2

4

27

5A111701

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)

6

2

4

38

5A111801

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

6

2

4

20

5A120102

Lingvistika:

 

 

 

 

 

Lingvistika: ingliz tili

6

2

4

99

 

Lingvistika: o‘zbek tili

6

3

3

25

5A120302

Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha)

7

2

5

64

5A130101

Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

10

3

7

40

5A130202

Amaliy matematika va axborot texnologiyalari

6

2

4

45

5A140101

Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)

8

8

 

31

5A140103

Ixtiologiya va gidrobiologiya

4

4

 

7

5A140202

Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

8

8

 

35

5A140203

Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish

4

4

 

8

5A140208

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi

4

4

 

10

5A140501

Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)

8

8

 

52

5A210201

Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

6

2

4

26

5A230110

Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti

4

1

3

13

5A610301

Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)

4

1

3

14

jami

116

61

55

610

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________