Qarshi davlat universitetida qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 560

Qarshi davlat universitetida 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4319-sonli qarori hamda boshqa qaror va farmonlar asosida tashkil etilgan.

Universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi bo‘limida qabul  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarorining 15-bandida ko‘rsatilgan 2019 yil 15 iyundan boshlanib va 2019 yil 15 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kunduzgi bakalavriat ta’lim shakli bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda– musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at va unga turdosh bo‘lgan yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Kunduzgi bakalavriat ta’lim shakli bo‘yicha 37 ta yo‘nalishda jami 2080 ta kvota  ajratilgan. Shundan, 460 ta grant, 1620 tasi to‘lov-shartnoma.

Sirtqi ta’lim shakliga 13 ta yo‘nalishga  jami 830 kvota ajratilgan. Hammasi to‘lov-shartnoma asosida. Kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Hujjatlar 1-iyuldan 15-iyulgacha qabul qilinadi. 

Magistratura ta’lim shakliga 18 ta yo‘nalishga jami 116 ta kvota ajratilgan. Shundan, 61 tasi grant asosida, 55 tasi to‘lov-shartnoma asosida. Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi. 

Hozirgi kunda abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish uchun universitetning uchta binosi ajratilgan bo‘lib, bu binolarda jami 170 nafar texnik-operatorlar faoliyat olib bormoqda. Abituriyentlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida universitet Axborot resurs markazida qo‘shimcha 50 nafar texnik-operator qabul jarayonlariga jalb qilindi. Ish vaqti ertalab soat 600  kech soat 2000gacha tashkil etilgan. Kunlik hujjat qabul qilish bo‘yicha universitet respublikada yetakchi o‘rinda bo‘lib, bir kunda 6000 nafardan ortiq  abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinmoqda. Xususan, 2019 yilning 9 iyul kunida 5511 nafar, 10 iyul kuni 6071 nafar, 11iyul kuni 5450 nafar, 12 iyul kuni 5351 nafar abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi. Shu kunga qadar universitet qabul komissiyasi tomonidan  45235 nafar abituriyentlarning hujjatlari rasmiylashtirildi.

Universitetda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular uchun maslahat markazi, ovqatlanish shahobchasi, salqin ichimliklar shahobchasi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xonalari va   kutish joylari tashkil etilgan. Kutish joylarida 20 dan ortiq soyabonlar o‘rnatilgan, shuningdek, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun Axborot resurs markazida gazeta, jurnal va badiiy kitoblar mutolaa uchun hozirlab qo‘yilgan.

Bu yil ilk bora talaba bo‘lish uchun hujjat topshirdim deydi,- Kasbi tumanidan tashrif buyurgan Shahlo Bobojonova. - Abituriyentlar uchun hamma sharoitlar yaratilgan ekan. Hujjat topshirishim uchun 10 daqiqaga yaqin vaqt ketdi. Sirayam muammoga duch kelmadim. Xudo xoxlasa joriy yilda Qarshi davlat universiteti talabasi uchun harakat qilaman.

Qabul jarayonlari davom etmoqda.