0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi!

Ovozlar reytingi:  / 2
SayozZo'r 

2018-yil 4-oktabr kuni Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti faollar zalida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Ravshanov kirish so‘zi bilan ochdi.

Tadbirda Qarshi shahar “Mahallot” mahallasi jome masjidi
imom-xatibi E.Sattorov “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida buzg‘unchi g‘oyalar, turli tahdidlardan yoshlarimizni asrash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa doktori B. Omonov so‘zga chiqib, yoshlarning ong-u tafakkurini demokratik g‘oyalar bilan boyitish, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bugun jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.

Tadbir so‘nggida “Ilmdan boshqa najot yo‘q” deb nomlangan film namoyish etildi. 

Ayni mazkur tadbir Fizika-matematika fakultetida ham bo’lib o’tdi. 

Tadbirda Ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i A.Jo`rayev, Universitet Murabbiylar Kengashi raisi X.Maxmanova, “Mahallot” mahallasi imom hatibi E.Sattorov, Yoshlar bilan ishlar bo`yicha dekan muovini N.Eshqorayeva, Amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri Q.Karimov, fakultet Murabbiylar Kengashi raisi B.Daminova, Amaliy matematika va informatika kafedrasi guruh murabbiylari N.Begmatova, L.Safarov,  M.Musurmonovalar hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi. 

Unda so’z olganlar ayrim yoshlar o’zlariga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan, bekorchilikdan turli noqobil yo‘llarga kirib, jinoyatlarga qo‘l urayotganligi, chet mamlakatlarda ishlab boyish maqsadida chiqib ketib, tuban, xudbin, o‘zidan boshqalarni mensimaydigan, vatan qadriga yetmaydigan ma’naviy qashshoq kimsalar qo’liga tushib qolayotganligini, yoshlarni muqaddas islom diniga, ulug‘ ajdodlarimizning ibratli hayoti, qutlug‘ qadamjolarga, shu bilan birga boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashga e’tibor berish lozimligini ta’kidlashdi. Tadbir yakunida qatnashchilariga “Ilmdan boshqa najot yo‘q” mavzusiga bag‘ishlangan film namoyish etildi. 

  

  

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________