0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

14 sentabr –“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun!

Ovozlar reytingi:  / 2
SayozZo'r 

Joriy yil 14 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga ikki yil to‘ldi.

Ushbu qonun ikki yil ichida yoshlarning hayotini tubdan ijobiy tomonga o‘zgartirib yuborganligiga barchamiz guvohmiz. Qonun 4 bob 33 moddadan iborat bo‘lib, har bir moddasi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir. Qonunning 25-moddasida iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tanlovlar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar, festivallar, ko‘riklar, konsertlar, simpoziumlar, o‘qishlar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish hamda o‘tkazish zarurligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar qatorida men ham universitetimiz, shahrimiz, viloyatimiz va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlar, olimpiadalar, konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqdaman.

Mazkur Qonun mamlakatimiz yoshlarining barcha say-harakatlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotgan bir paytda “Yoshlar-kelejagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining qabul qilinishi ayni muddao bo‘ldi.

“Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturiga asosan barcha shaharlarda va tumanlar markazlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzarlari” komplekslarining qurilib, foydalanishga topshirilayotganligi minglab yoshlar bandligining ta’minlanishiga zamin yaratdi.  Bundan tashqari yosh oilalarning zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlanayotganligi, yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha qanchadan-qancha ishlarning amalga oshirilayotganligi ham yoshlarga oid davlat siyosati amaldagi yorqin namunasidir.

Yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun − 30 iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida belgilangani, barcha sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, o‘qish, mehnat hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etilganligi ham yoshlarga  bo‘lgan yuksak g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.

Prezidentimizga iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgani, hamda biz yoshlarga yaratib berilayotgan barcha sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildiramiz va o‘qish bilan bir qatorda jamoat ishlarida ham faol qatnashib, ona Vatanimizning buyuk kelajagiga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shamiz.

Shohjahon BOBOJONOV

Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti, tarix yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________