0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Universitetda Zulfiyaxonim izdoshlari bilan uchrashuvlar an’anaga aylanmoqda

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Mamlakatimizda a’lo xulqi, keng dunyoqarashi, boy tafakkuri, zukko va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan iste’dodli qizlarni kashf etish va ularni rag‘batlantirish yaxshi an’anaga aylangan.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti mamlakatimizning minglab qizlarini yanada faol bo‘lishga undayotir. Ularning o‘qishda, badiiy ijodiyot, sportda zafarlarga erishishida, Vatan kelajagi, uning ertangi kuni uchun mas’uliyatni astoydil his etishida o‘ziga xos mash’ala vazifasini o‘tamoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 650-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha universitetning qator fakultetlarida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Xuddi ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbir Fizika –matematika hamda Tarix va ijtimoiy fanlar fakultetlarida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar yoshlar bilan ishlashda, ularga mustaqillik ato etgan imkoniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishda Zulfiya izdoshlarining salohiyatidan, iqtidoridan yanada kengroq foydalanish zarurligini ta’kidlashdi. Zulfiyaxonim ijodidan nozik tuyg‘ularni o‘zida mujassam etgan dilbar satrlar, o‘zaro fikr-mulohazalar va qiziqarli savol-javoblar asnosida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv talaba-yoshlarda  yorqin taassurot qoldirdi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________