01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ish boshladi

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

El-yurt ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to‘laqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag‘onlar tufayli qurbon bo‘lgan,

insoniylik sha’ni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qarshi davlat universiteti tuzilmasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining ochilishi munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi. Unda so‘z olganlar mustabid tuzum davridagi qatag‘on siyosatining sabablari va fojiali oqibatlarini chuqur o‘rganish, muzey fondini va eksponatlarini mamlakatimiz va xorijdagi qatag‘on siyosati bilan bog‘liq turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ijodiy merosini to‘plash, nashrga tayyorlash va chop etish zarurligini ta’kidlab o‘tishdi. Viloyatimizda 1925 yildan toki 1937 yilga qadar 23291ta xo‘jalikdan qatag‘on qurbonlari aniqlandi, 250dan ortiq, suratlar, buyumlar muzeyga qo‘yish uchun tayyor holga keltirildi. 5 ta ilmiy, adabiy, badiiy kitoblar to‘plandi, ulardan 10tasining elektron versiyalari tayyorlandi.

Mazkur muzey milliy ma’naviyatimizning yuksalishida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muzeylardan biridir , – deydi Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov.- qatag‘onga uchragan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning ibratli hayoti va faoliyati, ilmiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish yoshlarimiz qalbida ajdodlarimiz ruhiga ehtirom, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini uyg‘otadi, dorilomon kunlarga shukronalik hissini kuchaytiradi.

“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi milliy istiqlol yo‘lida shahid ketgan, mustabid tuzum qatag‘on siyosati qurboniga aylangan ajdodlar xotirasini yod etish, tarixni yanada chuqurroq anglash va vatanparvarlik, tuyg‘ularining yanada ulg‘ayishida munosib vositachiga aylanadi.