0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETIDA IJODIY IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Joriy yilda Qarshi davlat universitetining jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishiga 2319, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishiga 806 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa,

708 nafar o‘g‘il-qiz musiqa ta’limi yo‘nalishida oliy ta’lim olish istagini bildirgan.

25 iyul kuni universitetda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ijodiy imtihonlar boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
16-noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
PQ-3389-sonli qaroriga muvofiq, madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar joriy yildan e’tiboran test sinovlarisiz kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilinadi.

Universitetda Musiqa, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish uchun 240 o‘rinli 5 ta auditoriya ajratilib, barcha zarur sharoitlar yaratildi. Bevosita imtihonlar jarayonining borishini onlayn tarzda kuzatish maqsadida ota-onalar va abituriyentlar uchun universitet Yoshlar markazida imkoniyatlar yaratildi. Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar esa Qarshi shahridagi “Dinamo” o‘yingohida o‘tmoqda. Ijodiy imtihonlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida jamoatchilik kuzatuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Kasbiy(ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25-iyulidan 10-avgustiga qadar davom etadi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________