01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Oq yo‘l, sizga, aziz bitiruvchilar!

2018-yil 4-iyul kuni universitet bosh binosi oldida Qarshi davlat universitetining 2017-2018 o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchilar uchun “Oq yo‘l, sizga, aziz bitiruvchilar”  nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet O‘quv ishlari prorektori, professor Y.Eshqobilov  kirish so‘zi bilan ochib berib, universitetni tamomlayotgan bitiruvchi yoshlarga oq yo‘l va zafarlar tiladi.

Shuningdek, tadbirda  professor S.Choriyev so‘zga chiqib, bitiruvchi yoshlarni  bayram bilan tabriklab, kelajakda o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lishlarini, yurtimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini bildirdi.

Tadbirda ota-onalar, bitiruvchi yoshlardan so‘zga chiqishib, bugungi kunda yaratilgan keng imkoniyatlarga shukrona aytib, ta’lim bergan barcha ustozlarga minnatdorchilik bildirdilar.

Shundan so‘ng, bitiruvchilarga bakalavrlik va magistrlik diplomlari hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.