01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETIDA XALQARO MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH BO‘YICHA SEMINAR-TRENING

2018 yilning 5 iyul kuni soat 10:00 da Qarshi davlat universitetida Elsevier kompaniyasi hamda “Expert Lawers” MCHJ bilan hamkorlikda xalqaro ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida xalqaro ma’lumotlar ba’zasidan foydalanishning umumiy masalalari, ikkinchi qismida esa to‘plangan ko‘nikmalar yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminar-treningda quyidagilar haqida ma’lumotlar berildi:

universitetning Dunyoning TOP reytingiga kirish yuzasidan ekspert xulosasi hamda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar;

OTM ning veb saytini jahon standarti asosida yangilash;

OTM ilmiy jurnal va kitoblariga DOI raqam berish;

OTM ning ilmiy jurnallariga IMPAKT-FAKTOR olish;

OTM ilmiy jurnallari veb saytini jahon standarti asosida yangilash;

Milliy jurnallarda maqolalar chop etish (barcha sohalarda);

OAK ro‘yxatidagi jurnallarda maqolalar chop etish;

Xorijiy jurnallarda maqola chop etish (AQSH, Yevropa, Osiyo mamlakatlari);

Konferensiyalarda ma’ruza-tezislarni chop etishga ko‘maklashish (AQSH, Yevropa, Osiyo mamlakatlari).

Tadbir natijalari bo‘yicha qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etildi.