01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi

PF-5106-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan, 2018-yil 29-iyun kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida “Biz Vatanga tayanchmiz!” shiori ostida talaba-yoshlarning bayram konsert dasturi o‘tkazildi.

Bayram tadbirida universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh.Nuriddinov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi shahar Kengashi raisi F.Sattorov talaba-yoshlarni bayram bilan tabriklab, yoshlarga yurtimiz dovrug‘ini yuksaklarga ko‘tarib, kelgusida porloq va yorqin kelajakning munosib bunyodkorlari bo‘lishlarini tilab, ularning kelgusidagi o‘qish va ishlarida zafar va omadlar tiladilar.

Shundan so‘ng, 2017-2018 o‘quv yilida o‘qish, sport va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga universitet rahbariyati va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi shahar Kengashining diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Universitetning iqtidorli talaba-yoshlaridan tashkil topgan badiiy jamoalarning chiqishlari barchaga ko‘tarinki bayramona kayfiyat bag‘ishladi.