01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Yoshlar-giyohvandlikka qarshi

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan 2018-yil 23-iyun kuni Qarshi shahrida “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz!” shiori ostida yugurish marafoni o‘tkazildi.

Qarshi Olimpiya zahiralari kollejidan viloyat Amfiteatrigacha bo‘lgan masofada o‘tkazilgan musobaqada universitet talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

Yugurish marafonida universitet talaba-sportchilaridan Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari H.Rahmonqulov 1-o‘rinni, I.Sanayev 2-o‘rinni, qizlar o‘rtasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari P.Abdulhamidova 1-o‘rinni, M.Inatullayeva 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

G‘olib va sovrindorlar viloyat hokimligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.