0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Hamkorlik shartnomalari imzolandi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Joriy yilning 1-7-iyun kunlari universitetimizning bir guruh professor-o`qituvchilari Turkiya Respublikasining Konya, Antaliya, Istambul shaharlarida ilmiy safarda bo`lib qaytishdi.

Dastlab, ular Konya shahridagi Nechmettin Erbakan universitetida bo`lishdi va u yerda tashkillashtirilgan Mavlono Jaloliddin Rumiy qarashlariga bag`ishlangan Xalqaro anjumanda ishtirok etishdi. Ko`tarinki ruhda, ilmiylikka asoslangan holda o`tgan anjumanda dunyoning 35 mamalakatidan tashrif  buyurgan olimlar qatori universitetimiz professor-o`qituvchilari ham sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. 2-iyun kuni esa ular Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlarining muzeyi va maqbarasi ziyoratida bo`lishdi.

Keyingi kunlar davomida ular Antaliyaning Murodposhsho tumani hokimi va Turizm yo`nalishi rahbari qabulida ham bo`lib fikr almashinishdi. Turkiyaning maktabgacha ta’lim tizimini o`rganish niyatida professor-o`qituvchilarimiz Maktabgacha ta`lim muassasalariga ham tashrif buyurib, ularning faoliyatini kuzatishdi.

Eng quvonarlisi, ushbu ilmiy safar davomida Qarshi davlat universiteti bilan Turkiyaning Nechmittin Erbakan va Akdeniz universitetlari o'rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

 

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________