0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Giyohvandlik – umr zavoli”

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 31-maydagi 87-02-1248-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 30-may kuni

Xorijiy tillar fakulteti faollar zalida viloyat narkologiya dispanseri, Qarshi shahar IIB hamkorligida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat narkologiya dispanseri shifokori A.Umidov o‘z ma’ruzasida - Giyohvandlar giyohvand moddani surunkali iste’mol qilishi natijasida organizmda jismoniy moyillikning kuchayishi va shakllanishi vujudga kelib, inson o‘zini o‘zi boshqara olmasligi kuzatilishi, endilikda qabul qiladigan giyohvand moddalarni o‘zining yaxshi kayfiyatda bo‘lishi uchun emas, balki shu moddalarsiz organizmning normal faoliyat ko‘rsatmasligi asosiy sabab hisoblanishi, shu bilan bir qatorda giyohvand moddalarni bitta shprits bilan 5-6 kishi tomirga yuborishi natijasida, OAV infeksiyasi bilan zararlanishi 80 % ni tashkil etishi, hamda o‘lim oqibatlariga olib kelishini gapirib o‘tdi.

Qarshi shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi leytenant Sh.Xusainov - Giyohvandlik bugungi kunda dunyo mamlakatlaridagi eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidlab, jumladan, bizning mamlakatimizda ham bunday salbiy holatlar uchrab turganligini, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida, voyaga yetmagan yoshlar, balog‘at yoshidagi kishilar va ayollar o‘rtasida bunday holatlar kuzatilayotganini ta’kidladi.

Qarshi shahar IIB XTB profilaktika inspektori katta leytenant U.Habibov giyohvandlikning  mudhish oqibatlari haqida gapirar ekan giyohvandlikka chalingan insonlar bir lahzalik rohat uchun bosqinchilik, o‘g‘rilik, hattoki, qotillik jinoyatlarini sodir etishlari mumkinligi, bu esa jamiyatimizga, davlatimizga katta zarar keltirishi haqida talaba-yoshlarga so‘zlab berdi. Ma’ruza davomida talabalarga yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar haqida ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________