01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

“Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-1091-son Qarorida belgilangan vazifalar,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 21-maydagi 450-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun dahldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan, mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida 2018-yil 6-iyun kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida hududiy oliy ta’lim muassasalari  o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas, Vatan!” Respublika ko‘rik tanlovining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, TATU Qarshi filiali, Qarshi davlat universiteti talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Tanlovda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabasi Ibadov Arslonbek “O‘zbekistonim” (Nodirbek Xolboyev so‘zi va  musiqasi) qo‘shig‘ini ijro etgan bo‘lsa, TATU Qarshi filiali talabasi  Surayyo Kenjayeva “Ulug‘imsan, Vatanim!” qo‘shig‘ini, Qarshi davlat universiteti talabasi, solist Shohruh Xalilov va Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalaridan tashkil topgan “Ziyo sadolari” jamoasi tomonidan  (Anvar Mirzo she’ri, L.Pirnazarov musiqasi)  “Jannatmakonim” qo‘shig‘ini ijro etdilar.

Hakamlar Hay’ati tomonidan har bir kuylangan qo‘shiqlar tinglanib, uning musiqasi, so‘zi va ijrochilarning sahna madaniyati o‘rganilib, baholanib borildi.

Tanlov natijasiga ko‘ra Qarshi davlat universiteti talabasi, solist Shohruh Xalilov va Ziyo sadolari” jamoasi tomonidan ijro etilgan “Jannatmakonim” qo‘shig‘i 1-o‘ringa, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabasi Ibadov Arslonbek tomonidan ijro etilgan “O‘zbekistonim” qo‘shig‘i 2-o‘ringa, TATU Qarshi filiali talabasi Surayyo Kenjayeva tomonidan kuylangan “Ulug‘imsan, Vatanim!” qo‘shig‘i loyiq ko‘rildi.

Tanlovning saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Qarshi davlat universiteti talabasi Shohruh Xalilov va Ziyo sadolari” jamoasi tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.