01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz – yoshlar

2018 yil 4 iyun kuni Qarshi davlat universiteti “Yoshlar markazi”da Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi yo‘nalishi 1-kurs talabalarining  “Fidoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston” deb nomlangan musiqiy, hisobot konserti o‘tkazildi.

Tadbirni universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh.Nuriddinov ochib berib, ushbu tadbir universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning  o‘zlari tanlagan kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ular ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilayotganligini ta’kidlab, ushbu konsert dasturini tayyorlagan iqtidorli yoshlarga o‘qish va ishlariga muvafaqqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi.

Konsert dasturida ijro etilgan Vatan, ota-ona va yoshlikni madh etuvchi qo‘shiq va she’rlar, cholg‘u asboblari jo‘rligidagi kuy va navolar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Namoyish etilgan konsert dasturi barcha tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.