01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Bolalarga bering dunyoni!

Jamiyat rivojlanishi, davlat barqarorlashuvida kelajak avlodning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, bizning yurtda bolalarga e’tibor, mehr o‘zgacha.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 2018-yil 1-iyun kuni Qarshi davlat universiteti rahbariyati, fakultetlar dekanlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar Qarshi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida bolajonlarni xursand qilish maqsadida ularga sovg‘alar taqdim etildi. Tabiiy fanlar fakulteti dekani B.Boysunov internat uyi tarbiyalanuvchilariga zamonaviy televizor sovg‘a qildi. Shundan so‘ng Musiqa ta’limi kafedrasi tomonidan musiqiy bayram dasturi namoyish etildi.

Tadbir bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.