0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2018 yil 30 may kuni Qarshi shahridagi madaniyat va aholi dam olish maskanida Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirokida

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyatdagi vakilligi bilan hamkorlikda “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir “Tinchlikka tahdid” filmini namoyish etish bilan boshlandi.

Film namoyishidan so‘ng universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh.Nuriddinov, Qarshi tuman “Hazrati Sulton” masjidi imom-xatibi Z.Suvonov mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.

Tadbirda ma’ruza qilganlar bugungi kunda terrorizm va ekstremizm, ular oqibatida kelib chiqadigan ijtimoiy beqarorlik, jamiyatga keltirib chiqaradigan salbiy oqibati haqida gapirib, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissasini qo‘shish, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning burchi bo‘lishi kerakligini ta’kidladilar. 

Talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxasislari tomonidan javob berildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________