01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

“ENG FAOL YOSH OLIM” TANLOVI G‘OLIBI ANIQLANDI!

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2018-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi 62-bandi ijrosi yuzasidan yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib

kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahoratini va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018-yil 6-apreldagi “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovini o‘tkazish hamda “Yosh mutaxassislar” V respublika Forumini tashkil etish to‘g‘risida”gi 9-77“s”-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashiga qarashli Qarshi davlat universiteti xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi va universitet ma’muriyati bilan hamkorlikda 2018-yil 29-may kuni tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan Ishchi guruhi tuzilib, Nizom asosida belgilangan tartibda tanlov yuqori saviyada, bayramona ruhda tashkil etildi. Tanlovda  Qarshi muhandislik iqtisoddiyot instituti va Qarshi davlat universitetining  yosh tadqiqotchi olimlari bellashdilar.

Tanlovda QarDU ning Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Turdiyev Shoxrux g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirilishida ishtirok etish hamda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish, yosh avlod vakillarida vatan tuyg‘usi va mamlakatda ro‘y berayotgan voqealarga dahldorlik hissini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Shuningdek, yosh olimlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, o‘zi tanlagan kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish, iqtidorli yosh mutaxassislarning kasbiy bilim darajasini aniqlash, yosh mutaxassislar orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish, yosh mutaxassislarning innovatsion g‘oya, loyiha va texnologiyalarini hayotga tadbiq etish orqali yoshlar bandligini ta’minlash, yosh mutaxassislarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi yosh mutaxassislarning faolligini oshirish, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassislarning sport va jismoniy tarbiya kundalik ish jaryonini bir bo‘lagini tashkil qilishi zarurligi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish maqsad qilib belgilangan.

Tanlovning yakuniy bosqichi hududiy ommaviy axborot vositalari va Respublika kengashining veb-saytida yoritilishi rejalashtirilgan.