01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

O‘zbekiston o‘simliklar olamida bioxilmaxillik

Bioxilmaxillikni saqlash va uni asrash muammosi nafaqat O‘zbekiston, balki dunyodagi barcha mamlakatlar, butun insoniyat uchun dolzarb hisoblanadi.

Chunki tabiatdan biror-bir turning yo‘qolishi ekotizim uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Olimlarning aniqlashlaricha, oxirgi yillarda 33,5 ming o‘simlik turi yo‘qolish xavfi ostida bo‘lib, inson faoliyati bu jarayonni 1000 martaga tezlashtirayotgan ekan. “Butun dunyo yovvoyi tabiat fondi”ning ma’lumotiga ko‘ra ,ahvol shunday davom etaversa , 2050-yilga kelib hozirda mavjud bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining to‘rtdan bir qismi yo‘qolib ketishi mumkin ekan.

2018-yil 10-11 may kunlari Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti bilan hamkorlikda biologiya kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston o‘simliklar olamida bioxilma-xillik: muammolar va yutuqlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani Qarshi davlat universiteti rektori B.A. Shoimqulov ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zFA Botanika instituti direktori, akademik K.SH. Tojibayev, Rossiya FA Botanika instituti professori A.K. Sitin, QarDU professori L.H. Yoziyevlar ma’ruza qilishdi.  Ma’ruzalarda bioxilma-xillikni asrash va muhofaza qilishga bag‘ishlangan  tadqiqot natijalari ilmiy asoslab berildi. To‘rt yo‘nalishda tashkil etilgan sho‘ba yig‘ilishdarida yetakchi ilmiy xodimlar, katta ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar, iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya bioxilmaxillikni asrash va muhofaza qilish masalalariga qaratilgan bo‘lib, konferensiya qatnashchilari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ilmiy-amaliy konferensiya ishi muvaffaqiyatli yakunlandi.