0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Giyohvandlik – umr zavoli

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Talabalar shaharchasi direksiyasi tomonidan 2018-yil 10-may kuni 6-sonli talabalar turar joyida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Talabalar shaharchasi direktori N.Pardaqulov, pedagog-tarbiyachi M.Karimov, Xorijiy tillar fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari E.Boratov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni N.Pardaqulov kirish so‘zi bilan ochdi  va o‘z nutqida ko‘pchilik kishilar salomatlik inson hayotining eng katta boyligi ekanligini, shuning uchun ham odamlar o‘z salomatligi haqida qayg‘urishi, chekish zararli oqibatlarga olib kelishi haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lishi lozimligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, hayot ezgulik bilan go‘zal ekanligini, ammo ba’zan ezgulikka yovuzlik ko‘lanka solishi, “Asr vabosi” nomini olgan giyohvandlik insonning osuda hayotiga raxna solib, ongini o‘ziga bo‘ysundiruvchi zahri qotil ekanligini ham alohida ta’kidladi.

Xorijiy tillar fakulteti ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari E.Boratov giyohvandlik ijtimoiy xavfga ega ekanini, unga qaram bo‘lgan inson jamiyatga hech qanday foyda keltirmasligini va bu kasallik boshqalarni ham o‘z domiga tortishga harakat qilishi, uning tuzog‘iga tushgan yoshlarda o‘qishga, ishlashga, umuman hayotga qiziqishi qolmasligini aytib o‘tdi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlarga O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan ishlangan “Umr zavoli” filmi namoyish etildi.

Tadbir jonli muloqot tarzida o‘tdi va talaba-yoshlar ham o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirishdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________