01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

MARDLIK, BURCH VA SADOQAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 16-apreldagi “Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori hamda

“Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Farmoyishiga binoan 7-8-may kunlari Qarshi davlat universiteti rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchilari: L.A. Xalilova, YE.V. Milovanova va D.R. Pardayevalar tomonidan Ikkinchi Jahon urushi G‘alabasining 73 yilligiga bag‘ishlab «Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas» («Dostoinstvo cheloveka veliko, pamyat svyashenna») va «Mardlik, burch va  sadoqat» («Mujestvo, dolg i predannost») shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda rus tili va adabiyoti yo‘nalishining talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalarga “O‘zbekiston xalqining Ikkinchi Jahon urushi G‘alabasi uchun qo‘shgan hissasi” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbirda o‘qituvchi va talabalar tomonidan insonlar qalbida o‘chmas iz qoldirgan Ikkinchi Jahon urushi G‘alabasini tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi, she’rlar tinglandi.

Tadbir chiroyli utdi va  barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.