01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Endi navbat Respublika bosqichiga!

2018-yil 7-may kuni Samarqand shahridagi viloyat qo‘g‘irchoq teatrida oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr-studiyalari festivalining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Unda mezbonlar Samarqand davlat arxitektura institutining “Ulug‘bek vorislari” talabalar teatr-studiyasi o‘zining A.Navoiyning “Lisonut-tayr” asari asosida tayyorlangan “Qush tili” nomli, Jizzax politexnika institutining “Ibrat” talabalar teatr-studiyasi jamoasi Usmon Azim asari asosida tayyorlangan “Ular odam emas” nomli spektakli, Qarshi davlat universitetining “Ziyo” talabalar teatr-studiyasi M.Uyg‘ur asari asosida tayyorlangan “Tabib” nomli spektakli bilan ishtirok etdilar.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahodat Usmonova boshchiligidagi hakamlar hay’ati a’zolari talabalar teatr studiyalari tomonidan namoyish etilgan spektakllarni kuzatib, baholab bordilar.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, tanlangan asarning badiiy-g‘oyaviy talqini va yechimi, sahna bezagi, kiyim, rekvizit va boshqa vositalardan foydalanish imkoniyati, havaskor ijrochi aktyorlarning mahorat darajasi umumiy birlikda ko‘rib chiqilganda tanlovda “Ziyo” talabalar teatr studiyasi tomonidan namoyish etilgan “Tabib” spektakli birato‘la ikkita nominatsiya “Eng yaxshi spektakl” va “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.

“Ziyo” talabalar teatr-studiyasi jamoasini festivalning yakuniy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritganligi bilan tabriklab, shu yil may oyining oxirgi o‘n kunligida poytaxtimiz Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tanlovning Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etishlarini tilaymiz.