0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Ustozlarni xotirlab va e’zozlab

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tganlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash maqsadida Fizika-matematika fakultetida bir qator ishlar  amalga oshirildi.

Jumladan, Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 4-bosqich 014-48-guruh talabalari front ortida fidokorona mehnat qilgan, insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlari bilan ibrat bo‘lgan, ish-faoliyatining 64 yilini Qarshi davlat universitetiga bag‘ishlagan ustoz T.Sodiqov xonadonida bo‘lishdi. Ular ustozning sermazmun hayotlari, o‘qituvchilik faoliyatlari va saxovatli ishlarini yodga olishdi.

Shuningdek, talabalar guruh rahbari N. Begmatova boshchiligida Fizika-matematika fakultetida ko‘p yil faoliyat yuritgan faxriy ustoz A.Shoyqulovning xonadonlariga ham tashrif buyurishdi. Faxriy ustoz talabalarga innovatsion pedagogik faoliyat va sohalar haqida o‘z maslahat va tavsiyalarini hamda hayotiy tajribasidan kelib chiqib, halol, samimiy, xokisor va kamtar bo‘lish lozimligi haqida nasihatlar berdilar. Faxriy ustozga esdalik sovg‘alari topshirildi. Xayrlashish chog‘ida ustoz ko‘zida yosh bilan talabalarni duo qildilar. Talabalar ham ustozga uzoq umr tilab, katta taassurot bilan qaytdilar.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________