01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

USTOZLARNI YOD ETIB

2018-yil 5-may kuni Tabiiy fanlar fakulteti, Yoshlar ittifoqi Kengashi faollari hamda Biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.A. Samatovalar tomonidan “Ustozlar yodi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Tabiiy fanlar fakulteti dekani B. Boysunov kirish so‘zi bilan ochdi va 1941-1945-yillarda bo‘lib o‘tgan Ulug‘ Vatan urushida o‘zbek xalqining mardonavor ishtiroki haqida gapirdi.

Tadbirning “Ustozlar yodi” deb nomlangan qismida Biologiya kafedrasida ma’lum vaqt ishlagan, universitet ilmiy salohiyatini ko‘tarishda katta xizmat qilgan marhum ustozlar: A. Xolmurodov, O‘. Rahimov, O. Nazarov, O. Davronov, Sh. Raximov kabi olimlar yod etildi.

Professor Sh. Qurbonov va yuqorida tilga olingan olimlar haqida so‘zlar ekan, ular hayotida sodir bo‘lgan o‘ta qiziqarli va mazmunli voqealarni talabalar bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, Biologiya kafedrasining sobiq katta o‘qituvchisi, kafedraning faxriy a’zosi Dilorom opa Hamrayevaga, Biologiya kafedrasi mudiri B. Xo‘jamqulovlar ham so‘zga chiqib, utib ketgan ustozlarni yod etishdi.