01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Samarqand qadamjolarining jilolari

O‘z tarixini chuqur bilgan, uning eng qimmatli jihatlarini anglab olgan, mohiyatini his etgan kishigina o‘z millati va xalqining kelajagini tasavvur qila oladi.

Zero, ajdodlarimizning ma’naviyati, ma’rifatiga oid qarashlari bir necha ming yillarni  o‘z ichiga oladi.

Ziyo maskanlarida kelajagimiz vorislarining ong-u qalbiga ezgu axloqiy fazilatlar, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga sadoqat, milliy urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat kabi insoniy tuyg‘ular bilan boyitib borilmoqda.

Qarshi davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 016-9-guruh talabalari joriy yilning 6-mayida Samarqand shahrida bo‘lib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib kelishdi. Ular Samarqandning Chelak tumanidagi “Imom al-Buxoriy” hamda Samarqand shahrida joylashgan Go‘ri Amir, Registon, Shohi-Zinda majmuasida bo‘lib, buyuk bobokalonlarimizning butun musulmon olamidagi tarixlari bilan tanishdilar. So‘ng Shohi-Zindaning Hazrati Hizr qabristonida Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishdi.