01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

BUXOROGA SAYOHAT

Biologiya yo’nalishi 015-53 guruh talabalari 2018-yilning 6-may kuni guruh rahbari Y.Rahmatullayev bilan birgalikda Buxoro shahriga sayohat uyushtirdilar.

Sayohat davomida talabalar Amir Kulol ziyoratgohi, Bahovuddin Naqshband va boshqa ziyoratgohlarni ziyorat qilishdi.

Sayohat davomida har bir ziyoratgohga borganda ularnung tarixi va o’ziga xos jihatlari bilan tanishdilar. Ziyoratgohning mas’ul xodimlari va ekskursovodlarning beminnat xizmatlari yordamida talabalar Aziz avliyolarimizning hayoti va ijodi, xalqimizga qoldirgan boy, milliy va ma’naviy boyliklari, ularning o’ziga xos fazilatlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

ARK qasridagi kichik sayohat davomida Amir Olimxon yashagan davr, undan oldingi va keyingi davrlarda xalq hayoti, hunarmandchilik, davlat ishlari haqida turli ko’rgazmalar orqali tanishdilar. XVIII-XIX asrlarga oid harbiy san’at, harbiy kiyimlar, qurollar bilan tanishib, davlat ishlari, xattotlik san’ati, zindon, kanaxona va boshqalarni birma-bir ko’rib, alohida tasavvurlarga ega bo’ldilar.

Sayohat hamda ziyorat davomida talabalar katta tassurotlar va Buxoro shahri tarixi haqida bilimlarga ega bo’ldilar. Sayohat mazmunli o’tdi.