01 / 07

QARSHI DU

02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

AXBOROT RESURS MARKAZI

Ona va bola salomatligi - jamiyat kelajagi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Hayot davomiyligining asosi bo’lgan ayolni, naslimiz davomchisi farzandlarimiz salomatligini asrash – millatni, xalqni asrash demakdir.

2018-yil 16-aprel kuni Fizika-matematika fakultetida “2014-2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2221- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, Qarshi davlat universiteti va Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining “Talaba – qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha hamkorlik” kompleks rejasi doirasida “Ona va bola salomatligi - jamiyat kelajagi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni Fizika-matematika fakulteti xotin-qizlar qo’mitasi raisi Shoira Azimova kirish so’zi bilan ochib, yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni ta’minlash, talaba-qizlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar to‘g‘risida gapirdi.

Davra suhbatida ishtirok etgan Viloyat “Ona va bola” skrining markazi oliy toifali shifokori M.Abdullayeva, talaba-qizlarga, ayollar salomatligini ta’minlaydigan omillar, gigiyena qoidalari, kelin-kuyovlarning to’ydan oldin tibbiy ko’rikdan o’tishning ahamiyati, xotin-qizlarning farzandli bo’lishdagi ba’zi muammolar, kasalliklar belgilari va ularni oldini olish haqida bir qancha tavsiyalar berdi. Shuningdek, oilali talabalarga farzand salomatligini asrash, bola parvarishi va bolalarni tibbiy ko’rigi bo’yicha Viloyat “Ona va bola” skrining markazida yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berdi.

Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi mutaxassislari oliy toifali shifokor X. Oqdavlatova ham ushbu davra suhbatiga tashrif buyurib, talabalarga reproduktiv salomatlik tushunchasining mohiyatini, uni tashkil etishda oilada ayolning qachon va qanday sharoitlarda ona bo‘lishini nazorat qilish, onaning va undan tug‘ilajak bolaning salomatligi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish muhimligi haqida fikr-mulohazalarni bildirdi.

Davra suhbatida ishtirok etgan talaba-qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va kerakli maslahatlarni oldilar.

Talaba-qizlarning tibbiy-madaniaytini yuksaltirishga bag’ishlangan ushbu tadbir qatnashchilarga katta taassurot qoldirdi.