0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Odam savdosi - inson erkinligiga tahdid

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Odam savdosi jinoyati bugungi kunda dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Ushbu jinoyat muayyan hudud yoki qit’adagina emas, asta-sekin dunyoning turli nuqtalariga kirib borayotgani uchun ham xavflidir.

Unga qarshi kurashish, oldini olish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rish bugungi kunning talabidir.

2018-yil 11-aprel kuni Qarshi davlat universitetining 127-ma’ruzalar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Mintaqaviy vakili, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda universitet talaba-yoshlari ishtirokida “Odam savdosiga qarshi kurashishda davlat va nodavlat – notijorat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston XDP viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Muzaffar Turopov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman)ning Qashqadaryo viloyati Mintaqaviy vakilligi ish yurituvchisi G‘ayrat Ortiqov, advokat Alisher Bobojonov, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Qashqadaryo filiali bosh mutaxasisi Ulug‘bek Haydarovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar odam savdosining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari haqida so‘z yuritib, fuqarolarimizning odam savdosi ishtirokchilariga aylanib qolmasliklari uchun aholining huquqiy savodxonligini oshirish lozimligi, xorijda ishlashni xoxlovchilar uchun respublikamizda tegishli tartib-qoidalar joriy etilganligi haqida kengroq ma’lumotlar berdilar.

Tadbirni universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh.Nuriddinov olib bordi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________