0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Terrorizm, ekstremizm va uning salbiy oqibatlari

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2018-yil 5-aprel kuni Qarshi shahridagi “Madaniyat va aholi dam olish maskani”da Qarshi davlat universiteti talabalari ishtirokida “Terrorizm, ekstremizm va uning salbiy oqibatlari”

 mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda universitetning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Nuriddinov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev, barcha fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, universitet professor-o‘qituvchilari, guruh murabbiylari hamda 400 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida  talaba-yoshlarga “Borsa qaytmas balosi” mavzusidagi hujjatli filmi namoyish etildi.

Tadbirni universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh.Nuriddinov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan terrorizm va ekstremizm jahon xalqlari tinchligi, osoyishtaligi, taraqqiyoti uchun tahdid solib kelayotgani, uning salbiy oqibatlari, insoniyat hayotiga xavf-xatar keltirayotgani haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, Sh.Nuriddinov va tadbirda so‘zga chiqqan universitet Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev terrorizm va ekstremizmning yuzaga kelish sabablari, davlat va jamiyat rivojlanishida keltirib chiqaradigan juda katta salbiy oqibatlari haqida gapirib o‘tdilar. Ular talaba-yoshlarni yana bir bor ogoh bo‘lishga chaqirib, jamiyatning ziyoli qatlami sifatida keng mulohaza yuritgan holda, tengdoshlari o‘rtasida, oilasida, yashaydigan mahallalaridagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida bunday zararli illatlarga qarshi targ‘ibot ishlarini olib borishlari kerakligi haqida so‘z yuritdilar.

Mavzu yuzasidan talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh.Nuriddinov tomonidan javob berildi.

Tadbirda so‘z olgan talaba-yoshlar o‘tkazilgan tadbir ularga manzur bo‘lganligini, namoyish etilgan film ularni yana bir bora ogohlikka chaqirganligini bildirdilar.

  

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________