01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

“JAHON TAN OLGAN BUYUK SOHIBQIRON”

2018-yil 7-aprel kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, 10329-harbiy qism hamda Qarshi davlat universiteti Tarix kafedrasi hamkorligida buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda

Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlangan “JAHON TAN OLGAN BUYUK SOHIBQIRON” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda 10329-harbiy qism askarlari ishtirok etishdi.

Tadbirni universitet prorektori Sh.Nuriddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida, Qashqadaryo viloyati hokimligi Xalqaro Amir Temur jamoat fondi rahbari, QarshiDU professori O.Bo‘riyev “Amir Temur va temuriylar davrida elchilik aloqalari”, Amir Temur nomli Shahrisabz moddiy-madaniyat tarixi muzeyi direktori N.Xushvaqtov “Temurbekning yoshlik yillari”, 10329-harbiy qism kapitani A.Matnazarov “Amir Temurning harbiy mahorati” mavzularida ma’ruza qilishdi.

Tadbir davomida mavzuga oid ko‘rgazmali vositalar, slaydlar, foto va videolavhalardan foydalanildi. Shuningdek, tadbirda talabalar bilan qisqacha savol-javoblar tashkil etildi hamda ularning fikrlari ham tinglandi. Tadbirni Tarix kafedrasi mudiri, t.f.n. A.Hasanov yakuniy so‘z bilan yakunladi.