01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Inson qalbiga yo‘l mehr-muhabbat va saxovatdan boshlanadi

Xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin olgan, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat tushunchalari

asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ong-u shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir. Yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berish  kabi sharqona fazilatlar azaldan xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketgan.

2018-yil 6-aprel kuni Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti  xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Shoira Azimova boshchiligida Kasbiy ta’lim kafedrasi “Orasta qizlar” to‘garagi yetakchilari, fakultet murabbiylar kengashi raisi Barno Daminova   hamda faol talabalar saxovat va muruvvat ko‘rsatish maqsadida Qarshi shahridagi Muruvvat uyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida  Muruvvat uyi direktori R.Q.Xodjayev mehmonlarga ushbu dargohda 281 nafar 4 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 281 nafar nogiron bolalar yashayotgani, ular uchun  davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar: yangidan qurilgan bino, zamonaviy jihozlangan xonalar, yuvinish imkoniyatlari hamda ishlovchi xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida so‘zlab berdi.

Tashrif buyurgan o‘qituvchi va talabalar nogiron bolalar yashayotgan xonalarga kirib, ularga o‘zlari olib kelgan kiyim-kechaklar hamda oziq- ovqat mahsulotlarini ulashdilar. Muruvvat uyida nogironlar uchun yaratilgan shart–sharoitlarni, xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan beminnat xizmatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar.

Tashrif buyurgan har bir insonning qalbida bu gunohsiz nogiron bolajonlarga nisbatan mehr-shavqat tuyg‘usi bilan birgalikda shunday sharoit va imkoniyatlarni yaratib bergan hukumatimiz, Prezidentimizga,  ushbu dargohda  xizmat qilayotgan xodimlarning fidoiy mehnatiga, bag‘ri kengligiga  nisbatan minnatdorlik tuyg‘ulari  hamda yurish, ishlash va zavqlanish  kabi bebaho hayot lazzatlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatlarini bergan  Ollohga shukronalik hissi jo‘sh urdi.