01 / 07

QARSHI DU

02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

AXBOROT RESURS MARKAZI

Olov – tilsiz yov

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Respublikamizda har haftaning chorshanba kuni “Yong‘in xavfsizligi profilaktikasi kuni” deb belgilangan. Shu munosabat bilan 2018-yil 4-aprel kuni Qarshi shahar IIB yong‘in xavfsizligi bo‘limi 5-HYOHQ bo‘limi xodimlari tomonidan

universitet talaba-yoshlari ishtirokida “Olov – tilsiz yov” mavzusida favqulodda yong‘in sodir bo‘lganda uni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qarshi shahar IIB 5-HYOHQ bo‘limi boshlig‘i, kapitan N.Yo‘ldoshev talabalarga uy sharoitida elektr va gaz uskunalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanmaslik, yong‘in qoidalariga rioya etish, yong‘in kelib chiqqanda, birinchi navbatda, inson shoshib qolmasligi, o‘zini qo‘lga olgan holda harakat qilishi lozimligi, eng avvalo, yong‘in oqibatida jabrlanishi mumkin bo‘lgan insonlarga yordam berish qoidalarini tushuntirdi. Tadbir ishtirokchilarini yong‘in sodir bo‘lishini oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi bilan tanishtirdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari batafsil javob berdilar.