01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori - fuqarolarning mehnat huquqlari kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 16 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 4 oktabrdagi SQ-231-III-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi

764-son buyrug‘ining 3-bandi hamda ilovadagi nazorat rejasining 6-bandida “Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari yuzasidan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun seminarlar o‘tkazish” belgilangan. Ushbu belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2018 yil 4 aprel kuni universitet faollar zalida “Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish” mavzusida Qarshi davlat universiteti hamda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talaba-yoshlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot seminari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot seminarida viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i L.To‘rayev, viloyat Adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i A.Ishoqov, universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi T.Valiyev ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 4 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat huquqlarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi SQ-231-III-son qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini va xalqaro shartnomalarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, biror-bir shaklda bolalar mehnati va majburiy mehnatni keltirib chiqaradigan holatlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek mazkur sohadagi ishlar holati va olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

Tadbirni Qarshi davlat universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh.Nuriddinov olib bordi.