01 / 07

QARSHI DU

02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

AXBOROT RESURS MARKAZI

Universitet ota-ona va talaba hamkorligi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2018-yil 31-mart kuni Qarshi Davlat Universiteti Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti 1-kurs talabalari ota-onalari bilan “Universitet ota-onalar talabalar” hamkorligi mavzusida uchrashuv muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda AL va KXK bo‘yicha prorektor Sh.Tursunov ishtirok etdi.Kun tartibidagi masalalar yuzasidan fakultet dekani vazifasini bajaruvchi J.Qosimov “Fakultetda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish” mavzusida, dekan muovini H.Ravshanov “Fakultet talabalarining ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida ishtiroki, hamda kiyinish madaniyati” mavzusida, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Mallayeva “Talaba yoshlarni turli yot g‘oyalar – odam savdosi,  diniy ekstremizm, giyohvandlik va korrupsiyaga qarshi  kurash ruhida tarbiyalashda fakultet va ota-onalar hamkorligi”  mavzusida ma’ruza qildilar.

Tadbirda ota-onalarning muzokara uchun chiqishlari bo‘lib o‘tdi.Tadbir so‘nggida fakultet hayotida faol, iqtidorli bo‘lgan talabalarning ota-onalariga universitet rektorining “Tashakkurnoma”si topshirildi.