01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Universitet - talaba - ota-ona

2018-yil 30-31-mart kunlari Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida “Universitet - talaba - ota-ona” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda o‘quv-ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi dotsent N.S.Xolmirzayev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Nuriddinov, universitet ma`naviyat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev, fizika-matematika fakulteti dekani, f.m.d., professor A.Q.Tashatov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, t.f.n.N.G‘.Eshqorayeva, A.O.Ochilov, fakultet xotin-qizlar raisi Sh.Azimova, Amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri, dotsent Q.M.Karimov, fakultet murabbiylar kengashi raisi B.E.Daminova, falsafa kafedrasi dotsenti A.Shaymanova, 1-kurs guruh murabbiylari va ota-onalar (jami 314 nafar) ishtirok etishdi.

Tadbirni o‘quv-ishlari bo‘yicha prorektor v.b., dotsent N.S.Xolmirzayev kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida talabalarning bilim olishlarini nafaqat dars mashg‘ulotlarida, balki darsdan tashqari vaqtlarida ham Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi va turli to‘garaklardan foydalanib amalga oshirilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Nuriddinov o‘z nutqida talabalarning ma`naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yetuk bo‘lishlari xususida gapirib o‘tdi.

Tadbir davomida fakultet dekani prof.A.Q.Tashatov, A.Jo‘rayev, A.Shaymanova, B.E.Daminovalar so‘zga chiqshdi.

Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha dekan muovini t.f.n.N.G‘.Eshqorayeva tadbirning o‘tkazilishidan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ular orasida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashishning ma`naviy-ma`rifiy asoslariga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar, yoshlarni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, talabalarning o‘z iqtidorlarini to‘laqonli namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat ekanligini ta`kidlab o‘tdi.