01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Sayyohlarga saboqlar

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Xorijiy tillar fakultetining 122-ma’ruzalar zalida Xorijiy tillar fakulteti hamda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy-ma’rifiy mavzuda tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati Bojxona xizmati surishtiruvchilari J.Ergashev va N.Oqnazarov, psixolog Z.Fayziyev mehmon sifatida ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi bugungi kunda Respublikamizda turizm, xorijiy mamlakatlar bilan munosabat, xorijga kirish-chiqish, viza olish tartibi, hukumatimiz tomonidan xorijlik sayyohlarning respublikamiz hududiga kelishiga yaratilgan shart-sharoitlar va huquqiy asoslari bilan tanishtirish edi. Tadbir davomida mehmonlar O‘zbekiston hududiga olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat beriladigan mahsulotlar, ularning miqdori kabi hammamizni qiziqtiradigan masalalar bo‘yicha ma’ruza qilishdi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi va barchaga manzur bo‘ldi.